Web site da matematik formulalardan foydalanish.



#ma'lumot #javascript #latex #math

MathJax - bu barcha zamonaviy brauzerlarda ishlaydigan LaTeX, MathML va AsciiMath yozuvlari uchun ochiq manbali JavaScript displey mexanizmi. U veb-texnologiyalardagi so'nggi yutuqlarni asosiy brauzerlar va operatsion tizimlarni, shu jumladan mobil qurilmalarni qo'llab-quvvatlaydigan yagona, aniq, matematik veb-platformaga birlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu foydalanuvchi tomonidan hech qanday sozlashni talab qilmaydi (yuklab olish uchun plaginlar yoki o'rnatish uchun dasturiy ta'minot yo'q), shuning uchun sahifa muallifi matematikani o'z ichiga olgan veb-hujjatlarni yozishi va foydalanuvchilar uni tabiiy va oson ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonch hosil qilishi mumkin. Ulardan biri veb-sahifadagi MathJax va ba'zi matematikani o'z ichiga oladi, qolganini MathJax bajaradi.

Sizning saytingizda MathJax ishlashi uchun birinchi biz hujjatimizga MathJax Engine ni bog'lab olishimiz kerak:

<script type="text/javascript" id="MathJax-script" async
  src="https://cdn.jsdelivr.net/npm/mathjax@3/es5/tex-mml-chtml.js">
</script>

Va endi biz MathJax dan eng qulay foydalanish yo'lini ko'rib chiqamiz.

MathJax dan turli xil usullar bilan foydalanishimiz mumkin. Bulardan biri maxsus $$ belgilar bilandir. Biz LaTex ni $$ lar orasiga yozamiz. misol uchun biz darajani yozishimiz kerak bo'lsa: m^n ni $$ ning ichiga yozishimiz kifoyga: $$ m^n $$  va buning natijasi $$ m^n  $$

Quyida ba'zi matematik ifodalarning MathJax da yozilishi keltirilgan:

  1. Daraja: ^ belgisi yordamida ya'ni:  $$ m^n $$ $$m^n$$
  2. Indexlash: _ belgisi(tag chiziq yordamida): $$ x_2 $$ $$x_2$$
  3. Guruhlash: biz darajani ifodalash uchun ^ dan foydalangan vaqtimizda ba'zi xatoliklarga duch kelishimiz mumkin, ya'ni 20^20 ni yozgan vaqtimizda bizda 2020 kurinishidagi ifoda hosil bo'ladi. Bu xatolikni esa {} qavslari yordamida hal qilishimiz mumkin. 20^{10} kurinishida. $$20^{20}$$
  4. Matematikada ko'p ishlatiladigan grek harflari: \alpha , \beta, \omega, \Gamma ko'rinishida ifodalashimiz mumkin. $$ \alpha \beta \Gamma $$
  5. Kasrlarni ifodalash: buning uchun \frac tegidan foydalanimiz. U quyidagicha yoziladi. \frac {surat} {maxraj}, birinchi jingalak qavslar ichiga kasrning surat qismi va ikkinchi jingalak qavslar ichiga kasrning maxraji yoziladi. $$ \frac {1} {2} $$
  6. Ildizlar: ildizlarni ifodalash uchun \sqrt dan foydalanamiz. \sqtr {x} . Ildizni ko'rsatkichi bilan yozish uchun \sqrt dan keyin [] qavslari ichiga ildiz ko'rsatkichini kiritamiz. \sqrt[3] {x^3} $$ \sqrt {x} $$ $$ \sqrt[3] {\frac {8}{27}} $$
  7. Belgilar:  \lt (kichik), \gt (katta), \le (kichik yoki teng), \ge (katta yoki teng), \neq (teng emas), \times (ko'paytirish), \div (bo'lish), \cdot (markaziy nuqta)


Izoxlar
Sozlamalar


Navigatsiya.

Sozlamalar